Xalqaro Aloqalar Bo’limi

Mirzohidov Foziljon Farxod o‘g‘li - Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i.

Xalqaro aloqalar bo’limi "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" DUKning tarkibiy tuzilmasi bo'lib, Mahalliy dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaruvchilarga yetakchi xorijiy farmatsevtika tashkilotlari bilan hamkorlikni tashkil etishda koʻmaklashadi.

Bo’lim tarkibi:

Xodimlar - 6 nafar: bo’lim boshlig’i, 2 nafar bosh mutaxassis, 2 nafar yetakchi mutaxassis, 1 nafar 1-toifali mutaxassis.

Bo’limning asosiy vazifalari:

Farmatsevtika sanoatini barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

Jahon farmatsevtika bozorini oʻrganish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yuqori sifatli, tashqi bozorda raqobatbardosh boʻlgan yangi turdagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarishni rivojlantirishda, ularni jahon bozorlariga olib chiqishda koʻmaklashadi;

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yetakchi xorijiy tashkilotlari bilan hamkorligini tashkil etadi;

Mahalliy farmatsevtika koʻrgazmalari, forumlar, konferensiyalar, seminarlarda yetakchi xorijiy tashkilot vakillarining, shuningdek xorijiy mamlakatlardagi milliy koʻrgazmalar, forumlar, konferensiyalar ishida mahalliy tashkilotlar vakillarining ishtirokini taʼminlashda ishtirok etadi;

Markaz rahbariyati xalqaro tashkilotlar, hukumatlararo komissiyalar va biznes-forumlar ishida ishtiroki uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi;

Farmatsevtika sohasi mutaxassislari uchun xorijiy davlatlarda yoki xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda malaka oshirish kurslarini tashkil etishda yordam beradi.

Farmatsevtika sanoatini barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi.

Oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda farmatsevtika sanoatini rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari boʻyicha takliflar kiritadi.

Hamkorlik uchun qiziqish bildirgan xorijiy tashkilot vakillari bilan muzokaralar olib borish, ularning tashrifi bilan bogʻliq ishlarda, hamkorlik memorandumlari va kelishuvlari imzolanishi boʻyicha tashkiliy va amaliy tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi.

Markazning tarkibiy tuzilmasi xodimlarining chet ellarga xizmat safarlarini tashkil etishda takliflar berish, har bir taklif etilgan vakilning xizmat safarida qatnashishi maqsadga muvofiqligini tegishli normativ hujjatlar asosida koʻrib chiqish va tasdiqlash, safarlarning natijadorligi yuzasidan har bir xizmat safari boʻyicha vakillardan hisobot olish va tegishli tashkilotlarga maʼlumot beradi.

Jahon farmatsevtika bozorini oʻrganish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yuqori sifatli, tashqi bozorda raqobatbardosh boʻlgan yangi turdagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarishni rivojlantirishda, ularni jahon bozorlariga olib chiqishda koʻmaklashadi.

 

Biz bilan bog’lanish:

Tel.: 71 242 48 93

e-mail: pharmrelations@ssvuz

30.05.2023